Barkolya APLda mavsumning eng yuqori tezligini qayd etdi

25 sen 2026, 21:55
"Liverpul" vingeri Bredli Barkolya joriy mavsum APLdagi eng yuqori tezlik natijasini qayd etdi.

Fransiyalik futbolchi maksimal 35,9 km/soat tezlikda harakatlangan.

Bu ko'rsatkich Premer-ligada mavsumdagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rinda "Manchester Yunayted" futbolchisi Brayan Mbemo - 35,4 km/soat.

Top-10dan Gonsalo Garsiya ("Fulxem"), Milan van Eveyk ("Koventri"), Pedru Netu ("Chelsi") va Robino Vas ("Xall") - 35,3 km/soat bilan joy olgan. Jeykob Merfi ("Nyukasl"), Kristoffer Ayer ("Brentford"), Matias Fernandes Pardo ("Nyukasl") va Rayan Rosha ("Bornmut") esa 35,1 km/soat natija qayd etgan.

Maydon futbolchilari orasida eng past maksimal tezlik "Tottenxem" himoyachisi Tosin Adarabioyoga tegishli - 21,4 km/soat. Undan faqat uch nafar darvozabon sekinroq natija qayd etgan.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov 34,2 km/soat tezlik bilan 39-o'rinni egallagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fotmob