"Real" futbolchilari JCHda tarixiy rekord o'rnatdi

12 iyul 2026, 17:25
"Real" futbolchilari Jahon chempionati–2026da urgan gollari soni bo'yicha tarixiy natija qayd etishdi.

Mundial davomida "qaymoqranglilar" vakillari jami 19 ta gol urdi va bu Jahon chempionatlari tarixida bir klub futbolchilari tomonidan bir turnirda qayd etilgan eng yaxshi natijaga aylandi.

Gollar mualliflari quyidagicha:
Kilian Mbappe - 8 gol
Jud Bellingem - 6 gol
Vinisius Junior - 4 gol
Arda Gyuler - 1 gol

Shu tariqa, "Real" avvalgi 18 gollik rekordni yangiladi. Bu natijaga bunga qadar 1954 yilgi Jahon chempionatida Vengriyaning "Gonved", 2014 yilda Germaniyaning "Bavariya" va 2022 yilgi mundialda Fransiyaning PSJ klublari futbolchilari erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com