Kubarsi Mbappe haqida: "Kilian menda qo'rquv uyg'otmayapti"

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2026, 20:38
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi Kilian Mbappega qarshi o'yin uni cho'chitmayotganini aytdi.

Ertaga ispaniyaliklar JCH-2026 yarim final uchrashuvida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. "Barselona" o'yinchisi avvalroq "Real" hujumchisiga qarshi oltita "El-Klasiko"da maydonga tushgan bo'lib, ushbu bahslarda francuz 6 ta gol urgan, biroq kataloniyaliklar bu uchrashuvlarning beshtasida g'alaba qozongan.

"U menda qo'rquv uyg'otmayapti, lekin hamma uning qanday sifatlarga ega ekanini biladi. Hatto o'yinga to'liq kirishib ketmagan taqdirda ham, u birgina tezkor harakati bilan o'yinni o'zgartirib yuborishi mumkin. U, xuddi Lamin [Yamal] kabi, noyob o'yinchi. Biz 90 daqiqa davomida diqqatni jamlashimiz kerak", – dedi Kubarsi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As