"Real" Arbeloa o'rniga 4 nafar murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
17 apr 2026, 15:05
"Real" bosh murabbiy lavozimiga yangi mutaxassis qidiryapti.

"The Athletic" ma'lumotlariga qaraganda, Madrid klubi 4 nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda.

Yurgen Klopp klub rahbariyati tomonidan yuqori baholanadi, ammo ikki tomon o'rtasida hali hech qanday aloqa bo'lmadi. "Real" prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni qadrlaydi, ammo u Fransiya terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda.

Shuningdek, "qirollik klubi" 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Fransiya terma jamoasini tark etadigan Dide Desham va AQSH terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino variantiga ham to'xtalmoqda.

15 aprel, chorshanba kuni "Real" Chempionlar Ligasi chorak finalining ikkinchi o'yinida "Bavariya"ga 3:4 hisobida yutqazdi va musobaqadan chiqib ketdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic