Dembele 32 yillik rekordni takrorladi

27 iyun 2026, 01:27
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele JCH–2026 guruh bosqichining 3-turida Norvegiyaga qarshi o'yinning birinchi bo'limida uchta gol urdi.

Shu tariqa, Dembele Jahon chempionatlari tarixida 1994 yildan beri birinchi bo'lib o'yinning dastlabki 45 daqiqasida xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi.

Bungacha bunday natijaga rossiyalik Oleg Salenko erishgan edi. U 1994 yilgi Jahon chempionatida Kamerunga qarshi bahsda jami 5 ta gol urgan bo'lib, shularning 3 tasini birinchi bo'limda, yana 2 tasini ikkinchi bo'limda kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta