Dembele: "Men uchun Kvaratsxeliya - dunyoning eng yaxshi o'yinchisi. U "Oltin to'p"ga loyiq"

Administrator
19 sen 2026, 14:21
PSJ hujumchisi Usman Dembele parijliklar jamoasining gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblashini aytdi.

"Men uchun Kvara - dunyodagi eng yaxshi o'yinchi. Agar u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, juda xursand bo'lardim, chunki u ham bunga loyiq. U o'tkazgan mavsum favqulodda ajoyib bo'ldi. U "Oltin to'p" sohibi bo'lishga munosib edi", - dedi Dembele L1+ ma'lumotlariga asoslanib Actu Foot'ning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltirilgan iqtibosda.

Kvaratsxeliya o'tgan mavsumda Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Musobaqaning 16 ta o'yinida gruziyalik hujumchi 10 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Actu Foot