

Myunxen klubi safida Bundesliganing 98 ta o'yinida 101 ta gol urgan angliyalik futbolchi ushbu mukofotni olish imkoniyatlari haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq "Barselona" vingeri mukofotni eng ko'p gol urgan emas, balki eng yaxshi o'yinchi olishi kerakligini aytgan edi. Shuningdek, 19 yoshli Yamal o'zi va Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchilari deb hisoblashini takidlagandi.
"O'zim haqimda gapirishni juda yoqtirmayman. Men e'tiborimni maydondagi ishimga qaratganman. Ushbu masalada har kimning o'z fikri bor. Va bu mutlaqo normal holat.
Yamal nimani nazarda tutganini bilmayman. Lamin - ajoyib o'yinchi. U ajoyib mavsum o'tkazdi. Xuddi boshqa ko'pchilik kabi. Mbappe, Olise, Rodri. Da'vogarlar juda ko'p", - dedi Keyn.



