

Avvalroq myunxenliklar yarim himoyachisi ketma-ket ikkinchi o'rtoqlik o'yinida – "Xaydenxaym"ga qarshi bahsda o'zini yomon his qildi. 15 avgust kuni Musiala "RB Leyptsig" bilan o'yin vaqtida o'zini yomon his qilgan edi. Futbolchi unda nevrologik disfunksiya tufayli yuzaga kelgan, qisqa muddatli, ammo oson davolanadigan absanslar tashxislangini aytib berdi. Myunxenliklar Musialani to'liq qo'llab-quvvatlashi takidlanmoqda. Klub sabr-toqat ko'rsatadi va 23 yoshli futbolchiga kerakli vaqtni beradi. Bundan tashqari, "Bavariya"da "o'nlik" poziciyasi uchun Lennart Karl, Ismael Saybari va Serj Gnabri kabi bir nechta muqobil variantlar mavjud.



