Marotta Ronalduning intervyusi haqida: "Buyuk chempionlar faoliyati yakuni yaqinligiga ishonishi qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2022
Beppe Marotta Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted" haqida bergan mojaroli intervyusi borasida fikr bildirdi.

"Bu Ronalduning futbolga bo'lgan muhabbati isboti. Futbol u uchun hamma narsa edi. Ronaldu jismoniy holatidagi pasayishni tushunishni xohlamayapti. 37 yoshda hammasi boshqacha bo'ladi. U yanada ko'proq mehnat qilishiga to'g'ri keladi.

Buyuk chempionlar faoliyati yakuni yaqinligiga ishonishi qiyin bo'ladi. Insoniylik nuqtayi nazaridan uni tushunaman. Boshqa tomondan jamoaviy etikani hurmat qilish kerak deb hisoblayman" - deydi "Inter" bosh direktori.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Napolista