

“Shuhrat Maqsudov o'zbek futbolida katta tajriba va boy faoliyatga ega mutaxassis bo'lib, futbolchi va murabbiy sifatida ko'plab yutuqlarga erishgan. Ularning bilim va tajribasi akademiyada yosh futbolchilarni tarbiyalash, zamonaviy futbolni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni professional futbolga tayyorlash yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha akademiyaning avvalgi rahbari Shavkat Saidov “Metallurg” klubi bosh direktoriga aylangan edi.

