

Sky Sports xabariga ko'ra, har ikki tomon ham joriy mavsumdagi holatni o'nglashga e'tibor qaratishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Fernandesh CHL doirasida Italiyaning "Komo" klubidan uchralgan 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Kerrik va uning murabbiylar shtabining taktik qarorlarini ochiqchasiga tanqid qilgan edi.
Qayd etilishicha, Kerrik va Fernandesh o'rtasidagi uchrashuv 27 oktyabr, seshanba kuni "Yunayted"ning mashg'ulot bazasida bo'lib o'tgan. Brunu 31 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasining 9-turi doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda. U Angliya chempionatining oldingi turida "Bornmut"ga qarshi bahsda (0:3) zaxirada qoldirilgan edi.
Murabbiy va sardorning o'zaro suhbatidan tashqari, butun jamoa ishtirokida umumiy yig'ilish ham o'tkazildi. Unda futbolchilar va murabbiylar shtabi o'yin sifatini zudlik bilan yaxshilashga qatiy kirishganliklarini tasdiqlashdi. Shuningdek, mavjud ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar joriy mavsumda jamoa umumiy hisobda o'z imkoniyatlaridan past darajada ishtirok etayotganini tan olishgan.
Ma'lumot o'rnida, "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 16-o'rinni band etib turibdi. Jamoa sakkizta o'yinda faqatgina etti ochko jamg'argan.



