"Manchester Yunayted" "Roma" yulduzini o'z safiga qo'shmoqchi

11 iyul 2026, 13:55
"Manchester Yunayted" "Roma" yarim himoyachisi Manu Konening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Angliya grandi joriy transfer oynasida yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqchi. "Roma" Koneni 50 million funt sterling evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi 37 ta uchrashuv o'tkazdi. Unda Manu Kone ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk