

Kelishuvga asosan, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar Termizning "Surxon" klubidan ijara asosida poytaxtliklar tarkibiga ko'chib o'tdi. U 90-raqamli libosda to'p tepadi.

Joriy mavsumda legioner hujumchi termizliklar safida yuqori sermahsullik namoyish etib kelayotgan edi. U "Surxon" libosida jami 14 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta gol kiritishga hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga muvaffaq bo'ldi.
Ma'lumot o'rnida takidlash joizki, Stefan Chinedu O'zbekiston chempionatiga kelguniga qadar Yevropaning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan. Jumladan, uning faoliyati davomida Xorvatiyaning "Neretvanac", "Xayduk", "Dugopole", "Solin", Albaniyaning "Dinamo", Bosniya va Gertsegovinaning "Shiroki Brieg", shuningdek, Serbiyaning "Radnichki" va "Radnich" klublari mavjud.



