"Tezkor studiya": Shomurodov "Fenerbaxche" bilan kelisha olmayapti, Mbappe Messidan ilhom olyapti

Iskandarov Abdulaziz
11 iyul 2026, 11:41
"Tezkor studiya"ning Jahon chempionatiga bag'ishlangan qizg'in muhokamalari davom etadi.

Ko'rsatuvning navbatdagi efirida ekspertlar Kamoliddin Alimov, Tolibjon Qosimov va Mirkomil Musaev Fransiya - Marokash uchrashuvi, Kilian Mbappening fenomenal rekordi hamda o'zbekistonlik muxlislar uchun eng shov-shuvli transfer yangiliklarini tahlil qilishdi.

504816.jpg

Marokashning mag'lubiyatiga nima sabab bo'ldi: Charchoqmi yoki raqibning kuchi?

Tolibjon Qosimov: - Marokash terma jamoasi bu safar ko'pchilik kutgandek mazmunli o'yin ko'rsata olmadi. Menimcha, buning bosh sababi - oddiy charchoq. Bosh murabbiy ham o'yindan oldin ayrim futbolchilarning bahsga jismonan tayyor emasligini takidlagandi. Marokashliklar avvalgi uchrashuvlarda juda katta kuch sarflab, kuchli raqiblarga qarshi yuqori tempda harakat qilishgandi. Mana shunday qisqa va yirik musobaqalarda kuchni to'g'ri taqsimlash qanchalik muhimligini Marokash misolida yaqqot ko'rdik.

Aslida jamoaning ishonchsiz o'yinidan darak beruvchi ilk signal Kanada bilan bahsdayoq ko'zga tashlangandi. O'shanda marokashliklar birinchi bo'limda raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba yo'llay olishmagan, Kanada to'liq ustunlik qilgandi. To'g'ri, ikkinchi bo'limda o'yinni keskin o'zgartirishgandi, ammo Fransiyaga qarshi bunday taktika o'tmadi. Darvozabon Yassin Bunu bir nechta seyvlar ijro etdi, hatto penaltini qaytardi, ammo asosiy hujumchi Saybarining yo'qligi va raqibning haddan tashqari kuchliligi o'z so'zini aytdi. Bugungi Fransiyani to'xtatib qoladigan kuch bormikan o'zi?

52445fe6-40d2-47d3-81a7-946d3b000fe5.png

Mirkomil Musaev: - Fransiyaning kuchi boshqa jamoalar fonida yanada yaqqolroq ko'zga tashlanmoqda. Ular musobaqa boshidan buyon zaxira kuchlarini juda oqilona tejab ishlatishdi. Marokash esa xuddi o'yindan oldin taslim bo'lib qolgandek taassurot qoldirdi. Birinchi bo'limda faqat himoyalangan Marokashni ko'rdik. Ular xuddi Kanada bilan o'yindagi kabi birinchi bo'limda ehtiyotkorlik qilib, ikkinchi bo'limda vaziyatga qarab o'zgarish kiritmoqchi bo'lishdi. Biroq Fransiya uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq nazoratni o'z qo'liga oldi. E'tiborlisi, biz bu bahsda guruh bosqichidagi jangovar Marokashni ko'rmadik. Agar Bunu qutqarma organida, hisob yanada yirik bo'lishi mumkin edi. Ular xuddi penaltilar seriyasini ko'zlab, qarshi hujumga tayangandek harakat qilishdi.

Ishtaha ovqat paytida keladi, deganlaridek, Fransiya o'z o'yin tizimini mukammal darajaga olib chiqdi. Boshqa tomondan, Messining mundialdagi yorqin o'yini Mbappeni ham ruhlantirib yubordi, u maydonda ikki hissa kuch bilan harakat qilmoqda.

6c8a649e-31ea-400f-91a8-650cd83c20b8.png

Mbappe - Pelening yo'lidan

Tolibjon Qosimov: - Ushbu Jahon chempionati haqiqiy manoda Mbappening turniriga aylanmoqda. U bir marta chempion bo'ldi, o'tgan mundialda finalgacha bordi, mana endi yana cho'qqi sari odimlayapti. Vaqtida afsonaviy Pele Jahon chempionatlarida qanday dominantlik qilgan bo'lsa, Mbappe ham hozir shunday darajada. U navbatdagi rekordni rasmiylashtirdi: ketma-ket ikkita mundialda "gol+pas" tizimida 10 dan ortiq ochko jamg'argan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi. Oldinda uni yana ikkita muhim o'yin kutib turibdi.

Kamoliddin Alimov: - Fransiya terma jamoasida avlodlar almashinuvi shu qadar tekis va og'riqlarsiz ketyaptiki, bu jarayon umuman sezilmayapti. Aksincha, ular har bir Jahon chempionatida faqat kuchayib borayotgandek taassurot qoldirmoqda.

Snimok ekrana (432).png

🚨 EKSKLYUZIV: Eldor Shomurodov Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin!

Ko'rsatuv yakunida studiya mehmonlari o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun kutilmagan eksklyuziv insaydni bo'lishishdi.

Tolibjon Qosimov: - Hamyurtimiz Eldor Shomurodovga Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bizga yetib kelgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Eldor "Fenerbaxche" rahbariyati bilan moliyaviy shartlarni kelisha olmagan va katta ehtimol bilan bu transfer amalga oshmaydi.

Hozirda Shomurodovda boshqa jiddiy variantlar paydo bo'lgan. Terma jamoamiz sardori faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Saudiya klublaridan futbolchimizga rasmiy va moliyaviy jihatdan juda manfaatli takliflar bor. Vaziyatlar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Tolibjon Qosimov
: - Jahongir O'rozovni "Borussiya M"ga o'tmasligini aytgan edik. Lekin uning agentini ma'lum qilinishicha, O'rozovga Germaniya vizasi tayyorlanyapti ekan. Balki tez orada yangilik bo'lishi mumkin.

Snimok ekrana (441).png

Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”“Ucell” “TT LLC”“Black Cofee”“OfoTour”

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia