Dahshat! Ispaniya ketma-ket 36 ta o'yinda mag'lub bo'lmayapti

11 iyul 2026, 11:25
Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 chorak finalida Belgiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi va mag'lubiyatsiz seriyasini 36 ta o'yinga uzaytirib, yangi milliy rekord o'rnatdi.

Ispaniya terma jamoasi Italiya terma jamoasining xalqaro darajadagi mag'lubiyatsiz seriya davomiyligi bo'yicha mutlaq rekordini (37) takrorlashdan bir o'yinga yaqin turibdi.

So'nggi 36 uchrashuvda ispanlar 27 ta g'alaba qozonib, 9 marta durang o'ynagan. 

Ispaniya JCH-2026 yarim finaliga chiqdi, u yerda payshanba kuni Marokashni (2:0) mag'lub etgan Fransiya bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka