"Chelsi" futbolchisi "Manchester Yunayted" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

10 iyul 2026, 00:13
Braziliyalik yarim himoyachi Andrey Santos "Manchester Yunayted" uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "qizil iblislar" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Bitimda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

Avvalroq "Manchester Yunayted" "Chelsi" bilan transfer bo'yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Santos muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida klubini o'zgartirishga qaror qilgan.

Braziliyalik yarim himoyachi 2023 yilda "Vasko da Gama"dan "Chelsi"ga o'tgan, keyinchalik "Nottingem Forest" va "Strasbur"da ijara asosida faoliyat olib bordi. O'tgan mavsumda u Angliya Premer-ligasida 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano