"Manchester Yunayted" Maunt borasida "Chelsi" bilan kelishuvga erishdi. Tibbiy ko'rik kelasi haftaga rejalashtirilgan

Оқил Абдубарноев
30 iyun 2023
"Manchester Yunayted" va "Chelsi" Meyson Maunt transferi borasida kelishuvga erishdi.

Manbaning xabariga ko'ra, mankunianliklar yarim himoyachi uchun 55 million funt to'laydi, yana 5 millioni bonus sifatida taqdim etiladi.

24 yoshli yarim himoyachiga yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnoma taklif qilindi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, ingliz futbolchisi kelasi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Angliya Premer-ligasining 2022/23 yilgi mavsumida Maunt 24 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports