MYU 7 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmagan Kerrikka so'nggi shartni qo'ydi!

Sherzod Nurmatov
23 okt 2026, 12:45
"Manchester Yunayted" Germaniya milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann nomzodini jamoa boshqaruviga asosiy da'vogarlardan biri sifatida baholamoqda.

Manbaning xabar berishicha, mankunianlar rahbariyati Maykl Kerrikni APLning 8-turi doirasidagi "Bornmut"ga qarshi uchrashuvga qadar iste'foga chiqarmoqchi emas. Rahbariyat mutaxassisga ushbu bahsda vaziyatni o'nglash uchun so'nggi imkoniyatni taqdim etish niyatida.

Nagelsmanndan tashqari, MYU short-listiga "Brayton" ustozi Fabian Xyurceler hamda Antonio Konte ham kiritilgan. Qayd etilishicha, Kontening o'zi Angliya grandini qabul qilib olishga tayyor, biroq "Yunayted" rahbariyati hozircha u bilan aloqaga chiqmagan.

21 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Manchester Yunayted" safarda "Komo"ga yirik hisobda (1:4) imkoniyatni boy berdi. Natijada jamoaning g'alabasiz seriyasi ketma-ket 7 ta o'yinga etdi.

APLda o'tkazilgan 7 turdan so'ng MYU bor-yo'g'i 7 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport