"Manchester Siti" stadionidagi tribunaga Gvardiola nomi beriladi

Sherzod Nurmatov
22 may 2026, 20:25
"Manchester Siti" klubi uy stadionidagi tribunaning bir qismiga ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola nomi berilishini e'lon qildi.

Juma kuni 55 yoshli Gvardiola mavsum oxirida bosh murabbiylik lavozimidan ketishi e'lon qilindi.

"Manchester Siti" yaqinda ta'mirlangan va kengaytirilgan "Etixad" stadionidagi Shimoliy tribunaga Pep Gvardiola nomi berilishini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi", – deyiladi bayonotda.

5.jpg

Tribunaning ochilish marosimi Gvardiolaning bosh murabbiy sifatidagi so'nggi o'yini, yakshanba kuni "Aston Villa"ga qarshi bahs paytida bo'lib o'tadi. Shuningdek, tribuna yaqinida murabbiyning haykali ham o'rnatiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com