Jasur Yaxshiboev: "Maqsadim - yana avvalgi darajamga qaytish"

Iskandarov Abdulaziz
12 iyul 2026, 16:33
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Superligaga qizg'in ruhda taraddud ko'rmoqda.

"Temiryo'lchilar" yozgi transfer oynasida Jasur Yaxshiboev bilan shartnoma imzoladi. Aslida futbolchi qishdayoq "Loko" a'zosiga aylangan edi. Keyin esa Qozog'istonga yo'l oldi. Biz bu borada Yaxshiboevning fikrlariga quloq tutdik.

​- "Lokomotiv" safidasiz. Orada qandaydir tushunmovchiliklar bo'ldi, hozir barchasi joyidami? Mana shu jarayon haqida biroz to'xtalib o'tsangiz, aslida nima bo'ldi?

​- Endi, bilmadim… Qozog'istondan taklif tushgandi. U yerda ozgina kelishmovchilik bo'ldi - klubga transfer oynasini yopib qo'yishdi. Shuning uchun u yerda shartnoma tuzolmadim. Shu xolos.

​- "Lokomotiv" bilan O'zbekiston chempionatining mavsum qolgan qismiga tayyorgarlik qanday ketyapti?

​- Tayyorgarlik yaxshi, kayfiyatlar ham a'lo. Sekin-sekin o'yinlar orqali, birinchi navbatda, o'zimni formaga keltirishga harakat qilyapman. Jamoada yigitlar yaxshi, hamma harakat qilyapti. Barchasi o'ylaganimizdek.

​- Orada juda ajoyib formaga kirgan edingiz, o'zingizni ko'rsatgandingiz va shundan so'ng qandaydir pasayish bo'ldi. Keyingi maqsadlaringizda yana o'sha cho'qqingizga qaytish, terma jamoadan taklif olish rejalaringizdan o'rin olganmi?

4444.jpg

​- Xudo xohlasa, niyat bor. Bunga o'ziga yarasha sabablar bo'ldi. Endi kelajakda, xudo xohlasa, harakat qilamiz. O'yinlar orqali o'zimni ko'rsatib, milliy terma jamoaga qaytish niyatim bor.

​- Toshkent derbisidan nima kutyapsiz? "Paxtakor" - sobiq jamoangiz...

​- "Paxtakor" - sobiq jamoam. Hozir bizni juda qiziqarli va kuchli o'yin kutyapti. "Paxtakor" ayni vaqtda juda yaxshi formada, tarkibi ham O'zbekistonda eng kuchlilaridan biri. Biz qo'ldan kelgancha harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia