

Manba ma'lumotlariga ko'ra, turk klubi 22 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 30 million evrodan sal kamroq to'laydi. Yaqin kunlarda yarim himoyachi "Galatasaroy" bilan shartnoma imzolaydi.
Ugochukvu 2025 yilning yozida "Chelsi"dan "Byornli"ga o'tgan. Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Ugochukvaning bozor qiymatini 22 million evroga baholamoqda.



