OFK xabar berdi: 18 avgust qur'a

12 iyul 2026, 16:16
OFK rasmiy sayti Elit Osiyo chempionlar Ligasi hamda Osiyo chempionlar Ligasi-2 yangi mavsumi uchun 18 avgust kuni qur'a tashlanishini ma'lum qildi.

Elit OCHL yangi nom olganidan beri uchinchi mavsum o'tkaziladi, umumiy hisobda bu 24-klublar o'rtasidagi musobaqa hisoblanadi. Bu safar ham turnirning chorak finaldan boshlab o'yinlari markazlashgan tartibda Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Ma'lumki, 2029 yilga qadar markazlashgan o'yinlar Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan.

photo_2026-07-12_11-48-26.jpg

Jamoalar soni ortdi

O'tgan yilgi musobaqa 24ta klub ishtirokida o'tkazilgandi. Bu yildan e'tiboran Elit OCHLda jamoalar soni 8taga ortib 32 klub belgilab olindi. Ma'lumki, OFK Elit OCHL va OCHL 2 musobaqalarini ikki minataqa - Sharq va G'arbga bo'lgan holda o'tkazib kelmoqda.

Albatta, biz uchun G'arb mintaqasi ko'proq qiziq bo'lgani sabab G'arb jamoalariga to'xtalamiz. G'arb mintaqasida 16ta jamoa bahs olib boradi. Hozircha 14ta klub nomi aniq.

Saudiya Arabistoni - "Al Ahli", "Al Nassr", "Al Hilol", "Al Qadsiya".

BAA - "Al Ayn", "Shabab Al Ahli", "Al Vasl".

Qatar - "Al Sadd", "Al Garafa", "Al Shamal".

Eron - "Istiqlol", "Traktor".

O'zbekiston - "Neftchi"

Iroq - "Eyr Fors"

photo_2026-07-12_11-48-34.jpg

Yana ikkita jamoa 11 avgust kuni bo'ladigan o'tish o'yinlaridan so'ng aniq bo'ladi:

"Al Jazira" - "Al Ittihod"

"Paxtakor" - "Al Husseyn"

O'tish bahslarida g'olib bo'lgan jamoa Elit OCHL liga bosqichida ishtirok etadi, mag'lub OCHL 2ga yo'l oladi. "Paxtakor" o'tish o'yinini 11 avgust kuni o'z maydonida Iordaniyaning "Al Husseyn" klubiga qarshi o'tkazadi.

photo_2026-07-12_11-48-39.jpg

OCHL 2 haqida

Elit OCHLdan keyingi o'rinda turadigan OCHL 2 avvaliga pley-off bahslari bilan start oladi va shundan keyin guruh bosqichiga start beriladi. Pley-off uchrashuvlari 29 iyul - 12 avgust oralig'ida o'tkaziladi. Guruh bosqichida 32ta jamoa ishtirok etadi.

OCHL 2 guruh bosqichi uchun O'zbekistonga to'g'ridan to'g'ri 1ta o'rin ajratilgan bo'lib, "Nasaf" ishtirok etadi. Ushbu musobaqa guruh o'yinlarida shuningdek "Al Taavon" (Saudiya Arabistoni), "Al Vahda" (BAA), "Al Rayyan" (Qatar), "Al Shorta" (Iroq), "Al Muharraq" (Bahrayn), "Quvayt SK" (Quvayt) kabi klublar ishtirok etadi.

Elit OCHL 1-tur uchrashuvlari 14-15 sentyabr va OCHL 2 dastlabki tur bahslari 15-16 sentyabrga belgilangan.

X.Xoliqov

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia