

Bu haqda futbol insayderi Migel Serrano yozmoqda.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, "qaymoqlilar" Olise bilan 6 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Shartnoma shartlariga ko'ra, fransiyalikning klubdagi boshlang'ich maoshi yiliga 10 million evroni tashkil etadi. Shartnoma yakuniga ko'ra, maosh yiliga 20 million evroga oshadi.
Olise 2024 yilda "Kristal Pelas"dan "Bavariya"ga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum klub safida 52 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



