"Men buni hech qachon unutmayman". "Inter" murabbiyi Kivu Mourinyuning qilgan ishi haqida gapirib berdi

8 sen 2026, 10:50
"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan Joze Mourinyuga bo'lgan munosabati haqida gapirib berdi.

"Mourinyu - men uchun alohida inson. Men uni uchratganimdan juda baxtiyorman. U hayotimdagi eng og'ir damlarda menga yordam bergan va men buni hech qachon unutmayman. Men hech qachon hech kimga taqlid qilmaganman. Futbol borasida o'z qarashlarim bor. Ular futbolchilik yillarimda, so'ng yoshlar sektorida ishlab, turli g'oyalarni tajribadan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lganimda shakllangan. Hozir ushbu tajriba menga yordam bermoqda.

Biz ushbu klub tarixida yangi muhim sahifalarni yozishimiz kerak. So'nggi yillarda "Inter" yuqori marrani belgilab oldi va endi biz bu tarixni davom ettirishimiz lozim. Ushbu stadiondagi hissiyotlarimga kelsak - u yanada go'zalroq bo'libti. Hozir arena zamonaviyroq ko'rinadi va har bir inson uchun bu yerda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lish katta zavq bag'ishlaydi", - dedi Kivu matbuot anjumanida.

Chempionlar ligasi asosiy bosqichining birinchi turidan o'rin olgan "Real" va "Inter" o'rtasidagi uchrashuv bugun, 8 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com