"Futbolchilar jonsiz holatda edi": Mourinyo "Betis"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Real"ning holatini baholadi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 11:55
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Inter" bilan o'yin arafasida jamoa chempionat doirasida "Real Betis"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'ziga kelib olganini ta'kidladi.

Portugaliyalik mutaxassis o'yinoldi matbuot anjumanida Sevilyadagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoa ruhan singan bo'lganini, biroq futbolchilar kuch to'plab, endi Chempionlar Ligasi darajasida revansh olishga tayyor ekanliklarini bildirdi:

"Men ularni o'zim ko'rishni istaydigan holatda ko'rmadim. Sevilyadagi o'yindan so'ng kiyinish xonasida ularga qaradim, futbolchilar xuddi jonsiz holatda edi. Ammo yakshanba kungi mashg'ulotda ular etarlicha tiklanib olganini ko'rdim, bugun esa mutlaqo normal ko'rinishda edilar.

Biz o'tkazgan o'yinimizni tahlil qilib chiqqach, yaxshi o'ynaganimizga, jamoa sifatida harakat qilganimizga va urolmagan gollarimiz esa shunchaki anomaliya bo'lganiga yanada ko'proq amin bo'ldik. Hammasi joyida", – deya ta'kidladi Mourinyu.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati startida qatorasiga uchta g'alabaga erishganidan so'ng "Real" kutilmaganda "Betis"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian