YCHL o'yinlari Nepaldagi suv toshqini qurbonlari xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2026, 13:35
Chempionlar Ligasi bahslari oldidan Nepaldagi suv toshqini qurbonlari xotirasiga 1 daqiqalik sukut saqlanadi.

Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, har bir uchrashuv oldidan maydonga "Siz yolg'iz emassiz, Nepal" yozuvi tushirilgan banner joylashtiriladi.

"Butun Yevropa futbol oilasi Nepal xalqiga chuqur hamdardlik va dalda bildirish uchun ushbu haftadagi o'yinlar oldidan birlashadi. Ushbu fojia va uning oqibatlaridan so'ng qayta tiklanishlari uchun ularga kuch va matonat tilaymiz", – dedi UEFA prezidenti Aleksander Cheferin.

1.jpg

26 avgust kuni Nepal shimolida kuchli toshqin yuz berdi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, halok bo'lganlar soni 1,3 ming kishidan oshgan. 32 mingga yaqin oila boshpanasiz qolgan, 7,5 mingga yaqin uy vayron bo'lgan.

Qariyb 5 ming kishi, shu jumladan, 589 nafar chet ellik bedarak yo'qolganlar ro'yxatida turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com