

- "Dinamo" muxlislari jarohat olgan futbolchilar qachon safga qaytishadi deb so'rashmoqda.
- Hojimirzaev va Qodirqulov taxminan FIFA kunlaridan keyin (6 oktyabr) mashg'ulotlarni boshlashsa kerak. Xislat Halilov va Mirjahon Mirahmadov esa afsuski bu mavsum maydonga tusha olishmasa kerak. Hammalariga sog'lik tilaymiz.
- Shuncha jarohat olganlar fonida siz O'zbekiston U-23 terma jamoasiga ikki nafar yetakchi futbolchingizni qo'yib yubormaslikka haqqingiz bor edi, to'g'rimi?
- Gapingiz to'g'ri, FIFA kunlari bo'lmagani bois, biz Firdavs Abdurahmonov va Behruz Oblaqulovni Osiyo o'yinlariga qo'yib yubormasak bo'lardi. Lekin baribir bir narsani tushuning O'zbekiston chempionati nima uchun o'tkaziladi? Terma jamoalarga futbolchi etkazib berish uchun. Shunday ekan biz terma jamoa murabbiylarini to'g'ri tushunib, o'zimizning ahvolimiz zo'r bo'lmasa-da ularni qo'yib yubordik. Lekin meni Abdurahmonovning olgan kichik jarohati tashvishga solmoqda. U ketishidan bir kun oldin jarohat oldi va terma jamoa shifokorlari uni chet elda davolaymiz deb aytishdi. Xayronman qanday davolasharkin?



