

Bu haqda insayder Sezar Luis Merlo ma'lum qildi.
Manbaning so'zlariga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati hozirda madridliklarga rasmiy taklif tayyorlamoqda. Biroq "ko'k-anorranglilar" o'z futbolchilarini kelishuvga qo'shish niyatida emas va transferni naqd pul bilan hal qilishni rejalashtirmoqda. "Atletiko" argentinalik futbolchini taxminan 150 million evroga sotishni ko'rib chiqishga tayyor.
Alvares 2024 yilning yozida "Manchester Siti"dan transfer qilingan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 49 o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.



