

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi "Atletiko"ga hujumchi borasida avval aytilganidek, 70 million evro emas, balki, 100 million evro to'lashga tayyor turibdi. Biroq "matraschilar" hujumchisini 120 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Argentinalik futbolchining o'zi ham "Barselona"ga o'tish - faoliyatining eng muhim qismi bo'lishini tushunmoqda.
Alvares ushbu mavsumda LaLiganing 29 o'yinida qatnashib, 8 gol va 4 assist qayd etdi.



