"Manchester Yunayted" futbolchilariga nisbatan hushtakbozlik qilindi

Sherzod Nurmatov
26 okt 2026, 15:05
"Manchester Yunayted" "Old Trafford"da yana bir og'riqli oqshomni boshdan kechirdi.

O'z maydonida "Bornmut"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergach, muxlislar jamoadan norozi ekanliklarini ochiq-oydin namoyish etishdi va tribunalardan kelgan munosabat bahsning eng yorqin lahzalaridan biriga aylandi.

MYU futbolchilari maydonni tark etayotganda ularni qanday kuzatib qo'yishganidan shok holatiga tushishdi. O'z uyida navbatdagi og'riqli mag'lubiyatni qabul qilib olgan jamoa uchun bu reakciya muxlislar hafsalasi pir bo'lganining yaqqol namoyishi bo'ldi.

Final hushtagi chalinganidan so'ng Maykl Kerrik bundan keyin nima bo'lishini bilmasligini tan oldi.

"Bundan keyin nima bo'ladi? Men haqiqatan ham bilmayman. Muxlislarga qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildiraman", – dedi murabbiy.

Endilikda "Manchester Yunayted" navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng javoblar izlashi lozim. Kerrik ishqibozlarning bir qismi tomonidan qo'llab-quvvatlangan bo'lsa-da, futbolchilarga o'z fanatlarining g'azabli munosabati bilan yuzma-yuz kelishga to'g'ri keldi. Va bunday mag'lubiyatdan keyin jamoaga bo'lgan bosim, shubhasiz, yanada oshadi.

Qayd etish joizki, "qizil iblislar" 8 turdan so'ng 6 ochko bilan APLda 16-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif