Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda

Aslanov Jasurbek
26 okt 2026, 00:13
"Manchester Yunayted", katta ehtimol bilan, yaqin vaqt ichida Maykl Kerrikni ishdan bo'shatadi.

Mankunianliklar bugun APLning 8-turida "Bornmut"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Jamoa so'nggi sakkizta o'yinda besh bor mag'lubiyatga uchrab, uch marta durang qayd etdi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, "Yunayted" rahbariyati bugungi bahsdan avval ham Kerrikning o'rniga nomzodlar qidirayotgan edi, ammo endi bu jarayonni tezlashtiradi. Klubdagi manbalar amaldagi bosh murabbiyning iste'foga chiqarilishini kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports