Dirk Kyuyt "Fenerbaxche" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 16:19
Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dirk Kyuyt Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchiga aylandi.

Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.

"Ismoil Kartal ketganidan so'ng, to yangi bosh murabbiy aniqlanmaguncha, klubimiz Dirk Kyuytni birinchi futbol jamoasiga mas'ul etib tayinladi", - deyiladi xabarda.

46 yoshli mutaxassis 2026 yilning iyun oyida Ismoil Kartalning murabbiylar shtabidan joy olgan edi. Oldinroq u Niderlandiyaning "Dordrext", Belgiyaning "Beersxot" va boshqa jamoalarida ishlagan. Kyuyt 2017 yilda o'yinchilik faoliyatini yakunlagan bo'lib, "Fenerbaxche" safida futbolchi sifatida 2013/2014 yilgi mavsumda Turkiya chempioniga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fenerbahce.org