Mbappe: "Real"da Mourinyudek murabbiy borligi juda yaxshi. U qanday g'alaba qozonishni biladi"

15 avg 2026, 08:20
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe yangi mavsumdan umidlari bilan o'rtoqlashib, sovrinlar uchun kurashish zarurligini ta'kidladi.

Fransiyalik futbolchi, shuningdek, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan ishlash muhimligini qayd etdi.

"Biz g'alaba qozonishimiz kerak va o'ylaymanki, bu yil sovrinlarni qo'lga kiritamiz. Qayta olishimizga ishonchim komil. Butun mavsum davomida diqqatimizni bir joyga jamlaymiz.

Hozir oldinga qadam tashlash va sovrinlar yutishning ayni vaqti. Bu erga kelish men uchun orzu edi, bu yerda bo'lish orzu edi. Bu yerda ekanimdan qanchalik omadim kelganini bilaman. Endi biz g'alaba qozonishimiz kerak.

Jamoamizda g'alaba qozonishni biladigan Mourinyudek murabbiy borligi juda yaxshi", - deydi Mbappening so'zlarini keltirgan "Madrid Universal".

O'xshash yangiliklar


Manba: Madrid Universal