Luis Enrike: "Tottenxem" bir oydan buyon tayyorlanmoqda, biz esa bir hafta shug'ullandik xolos"

Narzulla Saydullayev
13 avg 2025
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Superkubogi o'yinidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin bugun, 13 avgust kuni tunda Italiyaning Udine shahridagi "Blyuenerji" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni portugaliyalik Joau Pedru Pineyru boshqarib boradi.

"Bu safar mavsumni biroz boshqacha boshlaymiz. Final - katta voqea, katta bosqich. "Tottenhem"ga qarshi o'yinimizni intiqlik bilan kutmoqdamiz.

"Tottenhem"ning rejasi qanday bo'lishini bilmayman. Jamoa yaqinda murabbiyni almashtirdi. Ular bir oydan beri birga mashq qilishadi, biz esa atigi bir hafta. Lekin bu bahona emas. Borimizni beramiz", - deya Enrikening so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.


14 avg 2025, 00:00
Paris Saint Germain — Tottenham Hotspur
2 – 2
Pen. seriyasidan so'ng


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com