

"Prezident va Infantino haqiqatan ham gaplashishdi. Prezident qizil kartochka ko'rsatilgani va diskvalifikaciya qo'llanilgani sababini yaxshiroq tushunishni istadi", - dedi mulozim. Uning so'zlarini The New York Post nashri keltirmoqda.
Keyinchalik FIFA Tartib-intizom qo'mitasi Balogunning diskvalifikaciyasini vaqtincha to'xtatib, bir yillik sinov muddati tayinladi. Forvard jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda (2:0) maydondan chetlatilgan edi.
Shu tariqa, Balogun 1/8 final doirasida Belgiyaga qarshi kechadigan bahsda ishtirok eta oladigan bo'ldi. AQSH - Belgiya uchrashuvi 7 iyul kuni Sietl shahrida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.



