

Forvard ushbu uchrashuvda dubl qayd etdi va 90-daqiqada g'alaba golini kiritdi.
"Har safar men yangi cho'qqini zabt etyapman. Men doim bor e'tiborimni saqlab qolishga va qo'limdan kelgan eng yaxshi harakatni qilishga intilaman. Mening hayotim - gol urishdan iborat. Nima qilayotganimni o'zim ham to'liq tushunmayapman, shunchaki men shunday insonman. Eng muhimi - diqqatni yo'qotmaslik, vaziyat paydo bo'lganda esa nima qilish kerakligini aniq bilaman", - deya Xolandning so'zlarini jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirdi.
Qayd etish lozim, Norvegiya terma jamoasi nufuzli musobaqaning 1/4 finaliga yo'l oldi va u yerda Angliya yoki Meksika bilan kuch sinashadi.



