Ilgiz Tantashevning JCHdagi taqdiri ma'lum

6 iyul 2026, 09:35
Fransiyaning RMC Sport nashri xabariga ko'ra, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashevga nisbatan rasmiy ommaviy sankciyalar qo'llamaydi.

Bu qaror uning 2026 yil 4 iyul kuni bo'lib o'tgan Jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Fransiya va Paragvay (1:0) terma jamoalari o'rtasidagi janjalli uchrashuvdagi hakamligi bilan bog'liq. Ochiqchasiga jazo berilmasa-da, FIFA "jimjit" sankciyalarni ishga soladi - manbalarga ko'ra, Tantashev joriy mundialning pley-off bosqichidagi boshqa o'yinlariga tayinlov olmaydi. Bu esa amalda uning ushbu turnirdagi faoliyati yakunlanganini anglatadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport