

Bu haqda jurnalist va insayder Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaning so'zlariga ko'ra, parijliklar shu vaqtgacha vingerni sotishga qarshi bo'lib kelishgan, biroq yangi xaridlar va shartnoma uzaytirilishi bo'yicha muzokaralarda siljish yo'qligi sababli vaziyat o'zgarishi mumkin.
Bundan oldin "RB Leyptsig" Yan Diomande transferi bo'yicha "Liverpul" tomonidan berilgan € 100 mlnlik taklifni rad etgani haqida xabar berilgan edi.
Yakunlangan mavsumda Barkola barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati € 70 mlnni tashkil etadi.



