

Futbolchi g'alabani muxlislar bilan birga nishonlash vaqtida reklama to'sig'idan o'tayotib, noqulay tarzda yiqilib tushgan.
Xendersonga maydonning o'zidayoq shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatildi: unga kislorod niqobi berilib, so'ngra zambilda maydondan olib chiqib ketildi. Terma jamoa sardori Harri Keynning so'zlariga ko'ra, jarohat qo'l qismi bilan bog'liq. Dastlabki tibbiy xulosalar futbolchining umumiy ahvoli barqaror ekanligini ko'rsatmoqda.



