APL klubining € 100 mlnlik hujumchisi PSJga o'tishni maqsad qilgan

29 iyun 2026, 13:47
"Bornmut"ning 19 yoshli hujumchisi Eli Krupi shu yozda "Pari Sen‑Jermen"ni o'zi uchun ustuvor transfer varianti sifatida belgiladi.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda "Transfer News Live" xabar bermoqda.

Futbolchining taxminiy narxi € 100 mlnni tashkil etadi, bu esa ayni damda PSJning qiziqishini kamaytirmoqda. Biroq, agar "oluchalar" so'ralayotgan narxni tushirishsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.

Bundan oldin forvardga "Arsenal", "Manchester Siti" tomonidan qiziqish borligi xabar qilingandi. Aprel oyida esa Myunxenning "Bavariya" klubi ham futbolchiga qiziqish bildirgan.

Yakunlangan mavsumda Eli Krupi "Bornmut" tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Uning bozor qiymati "Transfermarkt" ma'lumotlariga ko'ra, € 70 mlnni tashkil etadi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Transfer News Live