

"Yo'q, biz eng gavdali jamoa emasmiz, lekin himoyalanishni bilamiz. Uslublarimizda o'xshashlik bor, garchi jamoalar farq qilsa ham. Ikkala jamoa ham o'yinni nazorat qilishni istaydi. "Arsenal"dan to'pni olib qo'yish juda qiyin. Bu jamoa o'z murabbiyining g'alabaga bo'lgan intilishini juda yaxshi aks ettiradi. Bu buyuk final bo'ladi", - deya Luis Enrikening so'zlarini keltiradi "Madeinparisiens" nashri.
Chempionlar ligasining final uchrashuvi Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi, bahsning boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga rejalashtirilgan. Parijliklar ushbu turnirning amaldagi g'olibi hisoblanadi.



