"Al Ahli" “Barselona” sobiq o'yinchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

6 iyul 2026, 00:36
"Sporting" yarim himoyachisi Fransishku Trinkan "Al Ahli"ga o'tish arafasida, deya xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.

Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchini jazoirlik vinger Riyad Mahrezning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. "Al Ahli" rahbariyati Trinkan uchun taxminan 50 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishga tayyor.

Trinkan 2025/26 yilgi mavsum 54 o'yinda 13 ta gol urdi, 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi va Lissabon klubiga Portugaliya chempionatida ikkinchi o'rinni egallashga yordam berdi. Transfermarkt futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano