

Portugaliya Ispaniyaga qarshi 1/8 final uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida 40 yoshli yulduz o'z kelajagi haqida ochiqchasiga gapirdi.
"Bu mening so'nggi Jahon chempionatim", - dedi Ronaldu kulib.
"Juda qiziq savol. Oxir-oqibat insonlarning mehri qolar ekan. Bizga muxlislik qiladigan, biz orqali unutilmas lahzalarni boshdan kechiradigan insonlar qoladi. Bu xotiralar hayotimdagi eng qimmatli narsalardan biri.
Parvoz paytida styuardessalardan biri argentinalik ekanini uning nigohidanoq bildim. Men unga: "Siz argentinaliksiz, shunday emasmi? Menga qaradingiz-da, darrov nigohingizni olib qochdingiz. Sizlar meni yoqtirmaysiz", dedim. Ammo xotinim argentinalik, shuning uchun hammasi joyida", - deya hazil qildi portugaliyalik afsona.
So'ng Ronaldu shunday dedi: "Har bir daqiqadan zavq olish kerak. Ha, bu mening so'nggi Jahon chempionatim. Shuning uchun har bir lahzani qadrlashni istayman".
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi oltinchi marta Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar va eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi.



