Luis Enrikening PSJda qolish-qolmasligi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
21 may 2026, 13:10
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike francuz grandi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

Taniq insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, ispaniyalik murabbiy va Parij klubi rahbariyati o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda va deyarli barcha asosiy shartlar allaqachon kelishib olingan.

Shartnoma rasman yaqin kunlarda, Chempionlar Ligasi finalidan so'ng darhol yakunlanishi va e'lon qilinishi mumkin. PSJ rahbariyati jamoa uchun aniq boshqaruv tizimini yaratgan ispaniyalikning ishidan to'liq mamnun va uni klubning uzoq muddatli loyihasida asosiy shaxs sifatida ko'radi.

PSJ mavsumni 30 may kuni Londonning "Arsenal" jamoasiga qarshi Chempionlar Ligasi finali bilan yakunlaydi. Parijliklar - sovrinning amaldagi egalari. Bundan tashqari, Parij jamoasi 2025-26 yilgi mavsum yana bir bor Fransiya chempioni bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano