

20 yoshli futbolchi "qarg'alar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Avvalroq transfer qiymati 50 million evroni tashkil qilishi, shuningdek, "Xoffenxaym" futbolchining keyingi sotuvidan ham ma'lum foiz olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur transfer Germaniya klubining o'z tarixidagi eng qimmat sotuv sifatida qayd etildi.
Bazumana Ture o'tgan mavsum Bundesligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shu tariqa u "Xoffenxaym"ning mavsumdagi eng yaxshi assistentiga aylandi.




