"Los-Anjeles" Songa yiliga 20 mln dollar taklif qildi. MLSda faqat Messi ko'proq maosh oladi - 20,45 mln

Alisher Ostonov
3 avg 2025
Son Xyon Min MLSdagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin.

"Los-Anjeles" "Tottenxem"ning 33 yoshli vingeriga yiliga 20 mln dollarga yaqin maosh taklif qildi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

MLSda maosh bo'yicha rekordchi "Inter Mayami" forvardi Lionel Messi bo'lib, u bir mavsumda 20,45 mln maosh oladi.

Avvalroq, "shporlar" allaqachon London klubini tark etishini e'lon qilgan Son uchun 20 mln funt olmoqchi ekani ma'lum bo'lgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira