

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda. Manba ma'lumotiga ko'ra, "shporlar" 22 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu kelishuv yaqin yozda sodir bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Tottenxem" Savioni sotib olishga harakat qilgan edi. Biroq, mavsum tugagandan so'ng "Manchester Siti"ni tark etgan Xosep Gvardiola transferga qarshi edi.
O'tgan mavsumda Savio barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 36 ta o'yinda ishtirok etib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt o'yinchini 40 million evroga baholamoqda.



