

Boshlang'ich tarkib va zaxira o'yinchilari jamoalarni tanishtirish hamda davlat madhiyalari ijro etilishi paytida markaziy doiradagi banner atrofida to'planishadi.
Madhiyalardan so'ng asosiy tarkib a'zolari ananaviy o'yinoldi tadbirlar - qo'l berib ko'rishishi va jamoaviy suratga tushishda ishtirok etadi. Keyin jamoa sardorlari bilan qur'a tashlanadi.

Keyingi bosqichlardan boshlab rangli tutun yoki pirotexnika kabi qo'shimcha elementlar ishlatiladi.
Shuningdek, o'yinchilar maydonga tunnelga eng yaqin tomondan, maxsus arka orqali kirib keladi.



