Sherki: "Fransiya Jahon chempionatiga favorit sifatida bormaydi"

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 17:45
Fransiya yarim himoyachisi Rayan Sherki o'rtoqlik o'yinida Kot-d'Ivuarga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Albatta, biz Klerfontenda va butun mavsum davomida ko'p mehnat qildik. Biroz charchoq bor, lekin maqsad - 16 iyun kuni yaxshi o'ynash. Birinchi bo'limda to'pni yaxshi ushlab turdik. Ikkinchi bo'lim qiyinroq kechdi, chunki ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Bu bizga diqqatni jamlashga yordam beradigan kichik bir ogohlantirish.

Biz Jahon chempionatiga favorit sifatida bormaymiz, lekin barchani ezib tashlaymiz. Maykl Olise va men bir-birimizni gaplashmasdan ham tushunamiz. O'yinni tushunamiz. Bizda ajoyib birlik bor", – dedi Sherki.

Fransiya Jahon chempionati "I" guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya bilan, Kot-d'Ivuar esa "E" guruhida Germaniya, Kyurasao va Ekvador bilan o'ynaydi.

Fransiya terma jamoasi dushanba kuni JCH-2026 oldidan so'nggi o'rtoqlik o'yinini Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe