Shakira va Burna Boy ochilish marosimida JCH-2026 madhiyasini ijro etadi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2026, 16:40
Kolumbiyalik qo'shiqchi Shakira va nigeriyalik musiqachi Burna Boy Mexiko shahrida bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimida "Dai Dai" nomli turnir madhiyasini kuylaydi.

Meksika va JAR o'rtasidagi JCH-2026 ochilish uchrashuvi 11 iyun kuni Mexiko shahridagi "Acteka" stadionida tashkil etiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

JCH-2026 guruh bosqichi o'yinlari 11 iyundan 28 iyungacha bo'lib o'tadi. Pley-off bosqichi 28 iyunda boshlanadi. Final 19 iyul kuniga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif